1 oydan oshiqroq vaqtdan so'ng nihoyat Oliy liga jamoalari II-davra o'yinlarini boshlashadi. Davralar oralig'idagi tanaffusda "Navbahor" o'z tarkibiga 7 nafar futbolchini qo'shib oldi. Aziz Ashurov, Temur Ayzatulov (ikkalasi "Lokomotiv"), Doniyor Usmonov ("Olmaliq"), Muxtor Fozilov ("Andijon"), Abdulaziz Sultonov ("Nasaf"), Mixail Denisov hamda Yevgeniy Savko (ikkalasi Ukrainadan) lar ikkinchi davrani "Navbahor" tarkibida o'tkazadigan bo'lishdi. Ushbu futbolchilar "zayavka"ga kiritilib bo'lingan va jamoa tarkibida endi o'zgarish yuz bermaydi. Klubni tark etganlar haqida ham to'xtalsak. Davralar oralig'ida demak 8 nafar o'yinchi Namangan jamoasini tark etdi. Bular - Botir Nosirov ("Qizilqum"), Akmal Xolmurodov, Dilshod Sharofutdinov (ikkisi ham "Paxtakor"), Andrey Vlasichev ("Olmaliq"), Aleksandr Polovkov ("Andijon"), Yuriy Tselix ("Zakarpatye"), Aleksey Xramtsov va Mikola Pavlenkolardir. Jamoa katta yo'qotishlarga uchragan bo'lsada, ularning o'rnini bosadiganlar tarkibda bor. Umid qilamizki, sevimli jamoamiz bizning ishonchimizni oqlaydi.
Манба: http://fcnavbahor.wap.sh