Ha huddi shunday. Ohirgi marta JCH-2010 saralash bosqichida bundan 279 kun oldin 14-iyunda “Pahtakor markaziy” stadionida Livan terma jamoasi ustidan g’alaba qozongan edik.
Ha huddi shunday. Ohirgi marta JCH-2010 saralash bosqichida bundan 279 kun oldin 14-iyunda “Pahtakor markaziy” stadionida Livan terma jamoasi ustidan g’alaba qozongan edik. Shundan buyon bir marta durang natija va qolgan to’rt o’yinda mag’lubiyat alamini totib kelayotgan edik.
Bugun bunday bo’lmadi. Qatarni futbolchilarimiz juda chiroyli tarzda mag’lub etdilar. Futbolda chiroyli o’yindan ko’ra natija muhim hisoblanadi. Bugun esa milliy terma jamoamiz har ikkala ishni ham juda yaxshi uddaladi.
Birinchi bo’lim. O’yinning dastlabki soniyalaridanoq, futbolchilarimiz hujumga otlandilar. Odil Ahmedovning uchrashuv boshidayoq uzoqdan bergan zarbasi darvoza oldidan o’tib ketdi. Asli himoyachi bo’lgan Anvar G’ofurov va Islom To’htaxo’jayevlarning ham olisdan bergan zarabalari juda xavfli chiqdi. Qatar futbolchilari hamyurtlarimiz bilan bahsnining dastlabki 30 daqiqasi ichida juda ham ko’p bahslashishdi. Maydondagi torishuvlarni bostirish uchun bosh hakam raqib himoyachisi Bilolga qizil kartochka ko’rsatdi va Qatar 10 kishi bilan harakatlanadigan bo’ldi. Bunday ustunlikni sezgan vakillarimiz hisobnchi ochdilar. 33-daqiqada Jasur Hasanovning burchakdan oshirgan to’pi Qatar jarima maydonchasi ichida xavfli tus oldi. Odil Ahmedovning uzatgan to’pini “o’yin amaliyoti kam bo’lgan” Farhod Tojiyev boshi bilan darvozga joylab qo’ydi - 1:0. Goldan ruhlangan futbolchilarimiz hujum qilishni kanda qilmadilar. Birinchi taymning so’ngi daqiqalarida Hasanovning o’ng qanotdan oshirgan to’pini yana o’sha Farhod Tojiyev boshi bilan darvozaga joylab qo’ydi - 2:0. Birinchi taym Qosimov shogirdlarining 2:0 hisobidagi g’alabasi bilan yakunlandi.
Ikkinchi bo’lim. Tanafusdan keyin Mirjalol Qo’shoqovich birinchi taymda jarohat olgan Server Jeparovning o’rniga Temur Kapadzeni maydonga tushirdi. Bu o’zgarish o’z mevasini 55-daqiqada berdi. Kapadzening yuqorilatib oshirgan to’pini Farhod Tojiyev yana boshi bilan Mehammad Saqr qo’riqlayotgan darvozaga joylab qo’ydi va kichik Tojiyev o’yinda o’z het-trrigini nishonladi 3:0. Goldan so’ng faol to’p surgan Maksim Shatskih o’rniga Anvarjon Soliyev maydonga tushirildi. Bosh murabbiyimizning bu o’zgartirishi ham noto’g’ri emasligi o’z tasdig’ini topdi. To’pga birinchi tegishini gol bilan yakunlagan Soliyev hisobni 4:0ga yetkazdi. Hisob esa ushbu goldan so’ng boshqa o’zgarmadi va O’zbekiston milliy terma jamoasi Qtar ustidan yirik 4:0 hisobida g’alaba qozondi. Endilikda guruhimizdagi uch termada bir hil 4tadan ochko bo’ldi. Bu esa bizning JCH-2010ga bo’lgan umidimizni yana bir marta qaytardi.
O’ZBEKISTON 4:0 QATAR
Gollar: F.Tojiyev, 33, 45, 55; A.Soliyev.
O’zbekiston: Nesterov, G’afurov, To’xtaxo’jaev, Jo’rayev, Karimov, Xasanov, Jeparov (Kapadze, 46), Axmedov, Karpenko (Andreev, 71), Todjiev, Shaskix (Soliev, 56).
Qatar: Sakr, Markone (Xaroon, 14), Bilal Muxammad, Mubarak, Al Xamad (Nadya, 64), Al Blushi, Madjid Muxammad, Yasser, Ibrahim, Abdulrab, Afif (Siddik, 65).
Bosh hakam: Masud Moradi (Eron).
N |
Jamoa |
O’ |
G’ |
D |
M |
T-N |
O |
1. |
Yaponiya |
5 |
3 |
2 |
0 |
8-3 |
11 |
2. |
Avstraliya |
4 |
3 |
1 |
0 |
6-0 |
10 |
3. |
O’zbekiston |
5 |
1 |
1 |
3 |
5-6 |
4 |
4. |
Bahrayn |
4 |
1 |
1 |
2 |
4-5 |
4 |
5. |
Qatar |
5 |
1 |
1 |
2 |
4-12 |
4 |
Keyingi uchrashuv:
1-Aprel, Chorshanba.
Avstraliya - O'zbekiston.
Bahrayn - Qatar.
Manba: www.chempionat.uz
|