Bundan bir necha daqiqalar avval Navbahor hamda Andijon jamoalarining o'rinbosarlar tarkibi o'rtasidagi o'yin nihoyasiga yetdi. Qiziqarli kechgan uchrashuvda vakillarimiz 2:1 hisobida zafar quchishdi. Birinchi bo'limda Murod Rahmonov hamda ikkinchi bo'limning so'nggi daqiqalarida Abdumalik Abdullayev raqib darvozasini ishg'ol qiladi. Bizning "Arshavin" - Abdumalik so'nggi 3 ta o'yinda raqib darvozasini 4 marta ishg'ol qilganligi tahsinga loyiq. Kovshov shogirdlari ham o'zlariga kelishmoqda. Umid qilamizki, ertaga ham asosiy tarkibimiz bizni quvontirishadi!
Sherzodbek Hamdamov
Манба хамкоримиз:http://fcnavbahor.wap.sh