Bugun "Navbahor" jamoasi "Xorazm" bilan nazorat uchrashuvida maydonga tushib, ishonchli tarzda 3:1 hisobida g'alaba qozondi. E'tiborlisi, uchchala golni ham jamoamiz kelajagi deya e'tirof etiladigan futbolchilarimiz kiritishdi. Otabek Valijonov, Alisher Mahmudov va Sunnatulla Mamadaliyevlar "Xorazm" darvozasini ishg'ol qilishdi. Vohaliklardan javob to'pini kim kiritganligi bizga noma'lum, muhimi jamoamiz g'alabaga erishdi. Toshkent yig'ini 25 iyul kuni yakuniga yetadi. Ma'lumotlarga qaraganda, Aleksandr Polovkovga "Andijon" egalik qilishi mumkin ekan. Bizdagi xabarlarga ko'ra, jamoamiz kecha Toshkent yig'inini yakunladi. Futbolchilarga 1 kunlik dam berildi, hamda ertadan boshlab mashg'ulotlar Namanganda davom ettiriladi. "Navbahor" Namangandan tashqarida olib borilgan yig'inlarda jami 3 ta nazorat o'yini tashkil etib mag'lub bo'lmadi. "Qizilqum" 4:1, "Xorazm" 3:1 hisobida mag'lub etildi. "Mash'al" bilan esa murosa yo'li tanlandi - 1:1. Ma'lumotlarga qaraganda. Aleksandr Polovkov "Andijon" tashkil etgan yig'inda qatnashyapti
Манба: http://fcnavbahor.wap.sh
|