Бош сахифа Руйхатдан утмоы Вход
Сунгги ўйинлар
17 тур
23 апрель (шанба)
2:1null
Навбахор Суғдиёна

Сайт менюси

Ёшларнинг уйинлари
7 тур
22 апрель (жума)
1:0null
Навбахор Олмалик
6 тур
16 апрель (шанба)
0:1null
Кизилкум Навбахор
5 тур
8 апрель (жума)
1:0null
Навбахор Андижон
4 тур
1 апрель (жума)
0:1null
Динамо Навбахор

Тўпурар ўйинчилар

Р. Курбонбоев (1 пен)
О. Валижонов,
Р. Аҳмедов - 1 та гол

Булимлар
Навбахор хакида [145]
Навбахорга оид хабар ва янгиликлар
Хориж хабарлар [17]
Хориж футболи
Узбек футболи [36]
Узбекистон футболига оид хабарлар
Кизик хабарлар [6]
Бу сахифада футбол оламига оид булган барча кизик маълумотларни топасизлар
Булмагур гаплар [3]
Бу сахифада булар бумас гаплар хакида гап боради. Яна бу гапларга ишониб юрманг. Булар хазил!!!
Сайт янгиликлари [8]
Сайтимизда бўлаётган янгиликлар бу бўлимда ёритилади!
Манчестер Юнайтед [5]
Манчестер Юнайтед клуби янгиликлари ва хабарлари

Бизнинг фаоллар
  • jamcoolboy
  • Oqiljon
  • ABDULLO23
  • krasavchik
  • NVB-16
  • vhz13
  • Damin
  • Ronaldo
  • Abdullo
  • sevaman

  • Хамкоримиз

    Главная » 2010 » Июль » 26 » Жамоамизда узгаришлар давом этмокда!?
    22:49
    Жамоамизда узгаришлар давом этмокда!?

    nullBugundan boshlab "Navbahor" II-davraga tayyorgarlikni o'z qarorgohida olib borayotganligini aytib o'tgandik. Bugungi mashg'ulotda davralar oralig'ida jamoani tark etgan Ivan Nagayev qatnashganligini aytish o'rinli. Dastlab "Dinamo" yig'inida biroz ishtirok etgan Nagayev keyinchalik jamoasiz yurdi. Tobi yo'qligi uchun hech bir jamoa safiga borib qo'shilmadi. I.Nagayev faoliyatini o'zining sobiq jamoasi "Metallurg"da davom ettirishi haqida ma'lumotlar bor edi. Biroq, Ivan bugun "Navbahor"ga qaytib kelib, mashg'ulotlarga kirishdi. Nagayev qaytgandan so'ng hujum chizig'imiz biroz yaxshilandi. Lekin, Yuriy Tselixning yo'qligi baribir bilinadi.

    Bugungi "Navbahor"ning o'z qarorgohida olib borayotgan mashg'ulotida tarkibda o'zgarish yuz berganligini anglash qiyin emasdi. Dastlab, ukrainalik o'yinchilarimiz haqida to'xtalsak. A.Polovkov "Andijon"da faoliyat olib borsa, Yu.Tselix "Zakarpatiye"da to'p suradigan bo'lgan. M.Pavlenko va A.Xramtsovlarni yurtimizga qaytmasligi oydinlashib boryapti. M.Kriviyni ham Namanganga qaytishi mavhum edi. Lekin biz bugungi mashg'ulotlarda Maksim Kriviyni ko'rdik. Bizningcha, ana endi Kriviy "ochilib" ketsa kerak. Yura o'rnini Maks bosishiga umidvormiz. Bugun shuningdek, "Olmaliq" futbolchisi Doniyor Usmonovni yana tarkibda ko'rdik. Yana deyishimizga sabab, Usmonov mavsum boshida ham "Navbahor" yig'inida qatnashib, so'nggi pallada Olmaliqqa qaytib ketgandi. "Olmaliq"dan bizga D.Usmonov kelgan bo'lsa, bizdan "Olmaliq"qa Andrey Vlasichev yo'l oldi. O'ziga xos "rokirovka" amalga oshirildi. "Navbahor" tarkibi yana bir darvozabon bilan boyidi. 1-liga jamoalarida to'p surgan yosh posbonga o'rinbosarlar darvozasi ishonib topshirilsa ajabmas. Bugun yengil mashg'ulotlardan so'ng, tarkib ikkiga bo'lingan holda o'yin o'tkazishdi. Qiziqarli o'yinda 1:1 hisobi qayd etildi. Qizillardan golni G'ayrat Jo'rayev kiritgan bo'lsa, oqlardan Ivan Nagayev muvaffaqiyat qozondi. 

    Joriy yilgi mavsum avvalida Namangan futboli tarbiyalanuvchisi sanalgan Abdulaziz Sultonov "Navbahor"ni tark etib, "Nasaf"ga yo'l olgan edi. Davralar oralig'ida esa Sultonov yana "Navbahor"ga qaytdi. Jamoaning bugungi mashg'ulotidan so'ng futbolchimizning fikrlari bilan qiziqdik. 
    Abdulaziz Sultonov : Mavsum boshida "Nasaf" tarkibiga borib qo'shildim. Qarshiliklar 3-4 yildan beri meni jamoaga taklif etishayotgan edi hamda shu yili klub a'zosiga aylandim. Aytishim lozimki, asosan zahirada qolib ketayapman, faqat kubok o'yinlarida asosiy tarkibda tushdim. Kim ham zahirada o'tirishni istaydi? Davralar o'rtasida Viktor Jalilov meni "Navbahor"ga taklif qildi va jamoaga qaytib keldim. Bu bilan endi "Navbahor"da o'ynayman demoqchimasman. Xuquqiy jihatdan man "Nasaf"ga tegishliman. Agar "Nasaf" rahbariyati bilan kelisha olsam, faoliyatimni Namanganda davom ettira olaman. "Nasaf" ayni paytda Turkiyada. Jamoa xorij yig'inini yakunlab yurtimizga qaytib kelganidan so'ng bu haqda gaplashib olaman. Hozir biror gap aytishim qiyin. "Navbahor" mashg'ulotlarida yangi o'yinchilardan mendan tashqari Muxtor Fozilov, Aziz Ashurov, Temur Ayzatullovlar qatnashishmoqda. Ichki muhit haqida gap bo'lishi mumkin emas, barchasi joyida. O'zim ham yana Namanganda to'p surishni istayman.

    манба: http://fcnavbahor.wap.sh
    Категория: Навбахор хакида | Просмотров: 731 | Добавил: jamcoolboy | Рейтинг: 4.0/1
    Всего комментариев: 1
    1 mira  
    0
    BIZ MUXLISLAR ''IVAN NAGAYEV'' GA ISHONAMIZ. U NAVBAHORGA QAYTGANIDAN JUDA
    HURSANDMIZ. 77 RAQAM EGASIGA CHIN KO'NGILDAN OMAD TILAYMIZ. U KERAK BO'LSA
    TSELIXDAN XAM YAHSHI O'YNAY OLADI.

    Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
    [ Регистрация | Вход ]
    Кейинги учрашувлар
    18 тур
    25 август(пайшанба)
    :null
    Насаф Навбахор

    Кириш формаси

    Календарь
    «  Июль 2010  »
    ДуСеЧорПаЖуШаЯк
       1234
    567891011
    12131415161718
    19202122232425
    262728293031

    Жадвал
    Жамоа Ўйин Очко
    1 Насаф 7 17
    2 Бунёдкор 6 16
    3 Пахтакор 6 16
    4 Бухоро 7 12
    5 Навбаҳор 7 9
    6 Металлург 7 9
    7 Андижон 6 8
    8 Олмалиқ 7 8
    9 Нефтчи 7 8
    10 Машъал 6 8
    11 Қизилқум 7 6
    12 Шўртан 7 5
    13 Динамо 7 4
    14 Сўғдиёна 7 2

    2011 йилги таркиб

    Facebook

    Жамоа трансфери
    Mavsum orasida o'tishlar Kelganlar : noma'lum
    Ketganlar : noma'lum

    Кидирув

    Сунги янгиликлар
    [22.08.2011][Сайт янгиликлари]
    Сайтимизнинг сахифаси Facebook да! (2)
    [22.08.2011][Навбахор хакида]
    Жамоамизнинг 1100 голи (0)
    [23.04.2011][Навбахор хакида]
    Керакмас мағлубият (0)
    [18.04.2011][Навбахор хакида]
    Ғалабага тенг дурранг (1)
    [09.04.2011][Навбахор хакида]
    Мазмунли ўйин, мазмунсиз ҳисоб (0)

    Жарималар жафоси
    Жарималар жафоси

    Сарик карточка : -
    Кизил карточка : -

    Иштирок этмайдилар
    Жарохат туфайли ушбу уйинчилар бир неча вакт жамоага ёрдам бера олмайдилар:


    Бундай уйинчилар йук

    Архив

    Статистика

    Сайтда хозир жами: 1
    Мехмонлар: 1
    Хурматли инсонлар: 0

    Jamcoolboy© 2024-2011
    Сайт создан в системе uCoz