Сунгги ўйинлар |
17 тур 23 апрель (шанба)
2:1 Навбахор Суғдиёна
|
Ёшларнинг уйинлари |
7 тур 22 апрель (жума)
1:0 Навбахор Олмалик
6 тур 16 апрель (шанба)
0:1 Кизилкум Навбахор
5 тур 8 апрель (жума)
1:0 Навбахор Андижон
4 тур 1 апрель (жума)
0:1 Динамо Навбахор
|
Тўпурар ўйинчилар |
Р. Курбонбоев (1 пен) О. Валижонов,
Р. Аҳмедов - 1 та гол |
|
Главная » 2010 » Май » 16 » 9 тур: Навбахор чемпионга карши яхши уйин курсатди, лекин...
22:38 9 тур: Навбахор чемпионга карши яхши уйин курсатди, лекин... |
50 mingga yaqin muxlis qarshisida jamoamiz mag'lubiyatga uchradi. O'yinni yomon boshlamagandik. Dastlabki xavfli vaziyatni Bunyodkor sodir etdi. Anvar G'ofurovning jarimadan bergan zarbasini Pavlenko qiyinchilik bilan bartaraf etdi. Keyin Sunnatulla Mamadaliyevning 20 m lardan bergan zarbasi biroz noaniq ketdi. Bir vaziyatda Otabek Valijonov deyarli yakkama-yakka holatni ko'kka sovurdi. O'z navbatida Denilson ham birga-bir vaziyatda 7 m lardan bergan zarbasini bu gal ham Pavlenko qaytardi. Dastlabki bo'lim teng kurashlar ostida o'tdi, hisob ham shunga yarasha bo'ldi-0:0. Ikkinchi bo'lim mehmonlarning ustunligida boshlandi. 59-daqiqada mehmonlar hisobda oldinga chiqib olishdi. Server Jeparov amalga oshirgan jarima to'pini Anzur Ismoilov boshi bilan to'pni darvozaga joylab qo'ydi-0:1. Gol kiritilgandan so'ng o'yin sur'ati biroz pasaydi. 69 daqiqada S.Jeparov ham birga-bir vaziyatdan foydalana olmadi. Yana Pavlenko mahorat ko'rsatdi. Ammo 75 daqiqa Pavlenko xatoga yo'l qo'yadi. Timur Kapadzening uzoq masofadan bergan zarbasini o'tkazib yuboradi-0:2. O'yin shu hisobda yakunlanadi deb turgan fanatlar so'nggi daqiqada yana gol ko'rishdi. Anvar G'ofurov o'z jarima maydoni ichida Ivan Nagayevni to'xtatib qoladi. Hakam ikkilanmay penalti belgilaydi. Penaltini esa Dilshod Sharofutdinov aniq bajarib yakuniy hisobni o'rnatdi, 1:2! O'YINDAN KEYINGI FIKR Luis Felippe Skolari: O'yin biz uchun ham, raqib uchun ham qiyin o'tdi. Bunday bosim ostida o'ynash qiyin. Bugun biz haqli g'alabaga erishdik. Hakamlarga hech qanday e'tirozlar yo'q, ular odilona o'yin boshqarishdi. Navbahor bu o'yini bilan 2-3 o'rinlarga harakat qilsa bo'ladi. To'g'ri, men JCH vaqtida ayrim uchrashuvlarni Braziliya telekanallarining birida sharhlab boraman. Bu borada o'zaro kelushuv bor. Ha darvoqe, Karimov va Soliyevlarni Namangandan ekanligini bilmagandim.
Navbahor-Bunyodkor 1:2 Hakamlar: R.Ermatov, A.Rasulov, R.Ilyosov Gollar: D.Sharofutdinov 90+3 pen - A.Ismoilov 59, T.Kapadze 75. Navbahor: M.Pavlenko, A.Polovkov, A.Xramsov, R.Berdimurodov, A.Xolmurodov, G'.Jo'rayev(T.Sultonov), A.Mahmudov(I.Nagayev), O.Valijonov, S.Mamadaliyev, D.Sharofutdinov, Y.Tselix (M.Kriviy)
Манба: http://fcnavbahor.wap.sh
|
Категория: Навбахор хакида |
Просмотров: 722 |
Добавил: jamcoolboy
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
|
Кейинги учрашувлар |
18 тур 25 август(пайшанба)
: Насаф Навбахор
|
Жамоа трансфери |
Mavsum orasida o'tishlar
Kelganlar : noma'lum
Ketganlar : noma'lum |
Жарималар жафоси |
Жарималар жафоси
Сарик карточка : -
Кизил карточка : - |
Иштирок этмайдилар |
Жарохат туфайли ушбу уйинчилар бир неча вакт жамоага ёрдам бера олмайдилар:
Бундай уйинчилар йук |
Статистика |
Сайтда хозир жами: 1 Мехмонлар: 1 Хурматли инсонлар: 0 |
|