Бош сахифа Руйхатдан утмоы Вход
Сунгги ўйинлар
17 тур
23 апрель (шанба)
2:1null
Навбахор Суғдиёна

Сайт менюси

Ёшларнинг уйинлари
7 тур
22 апрель (жума)
1:0null
Навбахор Олмалик
6 тур
16 апрель (шанба)
0:1null
Кизилкум Навбахор
5 тур
8 апрель (жума)
1:0null
Навбахор Андижон
4 тур
1 апрель (жума)
0:1null
Динамо Навбахор

Тўпурар ўйинчилар

Р. Курбонбоев (1 пен)
О. Валижонов,
Р. Аҳмедов - 1 та гол

Булимлар
Навбахор хакида [145]
Навбахорга оид хабар ва янгиликлар
Хориж хабарлар [17]
Хориж футболи
Узбек футболи [36]
Узбекистон футболига оид хабарлар
Кизик хабарлар [6]
Бу сахифада футбол оламига оид булган барча кизик маълумотларни топасизлар
Булмагур гаплар [3]
Бу сахифада булар бумас гаплар хакида гап боради. Яна бу гапларга ишониб юрманг. Булар хазил!!!
Сайт янгиликлари [8]
Сайтимизда бўлаётган янгиликлар бу бўлимда ёритилади!
Манчестер Юнайтед [5]
Манчестер Юнайтед клуби янгиликлари ва хабарлари

Бизнинг фаоллар
  • jamcoolboy
  • Oqiljon
  • ABDULLO23
  • krasavchik
  • NVB-16
  • vhz13
  • Damin
  • Ronaldo
  • Abdullo
  • sevaman

  • Хамкоримиз

    Главная » 2010 » Июнь » 5 » 12 тур: Навбахор 2:0 Андижон - Целих яна рульда!
    23:30
    12 тур: Навбахор 2:0 Андижон - Целих яна рульда!
    nullБугун мамлакатимизнинг яна тўртта стадионларида учрашувлар ўтказилиб, 12-турга якун ясалди. Дастлаб Наманганда «Навбаҳор»- «Андижон» учрашуви ва Самарқандда «Динамо»-«Олмалиқ» жамоалари бир вақтнинг ўзида майдонга тушиб келишди. Турнинг марқазий учрашуви сўзсиз қаршида ташкиллаштирилди. «Насаф» ўз уйида Тошкентнинг «Пахтакор» жамоасини қабул қилди. Яна бир учрашувда амалдаги чемпион «Бунёдкор» Муборакнинг «Машъал»ини «ЖАР»да қарши олди.

    Намангандаги учрашув навбатдаги водий дербиси деган номни олганди. Водийликларнинг бир-бирлари билан бўладиган ўйинлар доимо қизиқарли, курашга бой тарзда кечганлиги сир эмас шу боисдан ҳам бу ўйинга бўлган қизиқиш анча юқори эди. Аммо ўйиннинг бориши ва ҳисоб кутилган шиддатни бермади. Мезбонлар ўз уйларида ҳаракат қилганликлари боис, меҳмонларга ҳеч қандай имконият қолдиришмади, 2:0. Аввлига «лочинлар»нинг асосий форварди Юрий Целих учрашувда ҳисобни очган бўлса, киритилган иккинчи гол Андижонликларнинг умидларини буткул синдирди. Икки тўп фарқи билан ғалаба қозонган наманганлик футболчилар 18 очко жамғаришиб фақатгина тўплар фарқигагина 5-ўринни «Динамо» ва «Шўртан»дан «олиб турибди».
    null
    Navbahor tarkibi: O.Gorvits, A.Polovkov, R.Berdimurodov, S.Mamadaliyev, Yu.Tselix, O.Valijonov, T.Sultonov, A.Xramtsov, D.Sharofutdinov, E.Jahonov, I.Nagayev. ZAHIRADAGILAR: B.Nosirov, A.Vlasichev, M.Kriviy, A.Mahmudov, D.Umaraliyev, I.Boydedayev, G'.Jo'rayev
    Navbahor-Andijon 2:0 (1:0) 
    Hakamlar: A.Hotamov-9.2, A.Bukatin-9.3, A.Mironov-8.0, Sh.Qosimov-8.3 
    Gollar: Yuriy Tselix 31, Afzal Azizov 77-avtogol 
    Navbahor: Oleg Gorvits, Aleksandr Polovkov, Rahmatullo Berdimurodov, Sunnatulla Mamadaliyev, Yuriy Tselix (Andrey Vlasichev, 73), Otabek Valijonov, Timur Sultonov, Aleksey Xramtsov, Dilshod Sharofutdinov, Elyor Jahonov (Alishev Mahmudov, 67), Ivan Nagayev (Maksim Kriviy, 86) 
    Andijon: Igor' Mixaylov, Timur Yafarov (Lochin Soliyev, 83), Davron Tursunov, Ibrohim Otaxonov, Afzal Azizov, Mirzakamol Kamolov (Baxtiyor Hamidullayev, 55), Viktor Klishin (Sherzod Raimjonov, 71), Shuhrat Mirxoldirshoyev, Akmal Shorahmedov, Artyom Nikitenko, Rasul Rahmonov 
    Ogohlantirishlar: Yuriy Tselix, 64 - Artyom Nikitenko 41, Akmal Shorahmedov 45, Ibrohim Otaxonov 45+1, Davron Tursunov 76 
    Amalga oshirilmagan penalti: Dilshod Sharofutdinov, 45+2 (N) 
    Nazoratchi: V.Valitskiy 
    Eng yaxshi o'yinchilar: Ivan Nagayev - Shuhrat Mirxoldirshoyev 
    Namangan. Markaziy o'yingoh. 17893 tomoshabin 
    = = = = = = = = = = = = 
    Joriy mavsumdagi ikkinchi vodiy derbisi dastlabkisiga nisbatan juda qiziqarli va keskin kurashlar ostida o'tdi. 4 turdan beri faqat mehmonda harakat qilayotgan andijonliklar Namangandan ochko bilan qaytishni maqsad qilishgandi. Andijon ham ko'pgina jamoalarimiz singari uy jamoasiga aylanib qolgandi. Navbahor esa dastlabki davrada o'z maydonida o'tkazadigan so'nggi uchrashuvda nima qilib bo'lsa ham g'alaba qozonishi shart edi. Tarkiblarda o'ziga yarasha yo'qotishlar bor edi. Andijondan Muxtor Fozilov va Abdumajid Toirov, Navbahordan Mikola Pavlenko hamda Akmal Xolmurodovlar jamoasiga yordam bera olishmasdi. 
    O'yingohga Andijondan ham 3 mingga yaqin muxlis tashrif buyurganligi aytish o'rinli. Keling, endi uchrashuv tafsilotlariga bafurja to'xtalsak. Oldingi o'yinlar singari bu safar ham mezbonlar tezkor gol kiritishni maqsad qilishgandi. O'yinning 30-soniyasidayoq Dilshod Sharofutdinov avvalgi Navbahor o'rnatgan rekordlarni yangilashi mumkin edi. Ammo Dilshodning 7 m lardan bergan zarbasini Mixaylov bartaraf etdi. Shundan so'ng biroz ustunlik mehmonlar tarafiga o'tdi. Qator hujumlar uyushtirildi. 13-daqiqada Shuhrat Mirxoldirshoyev chamasi 35 m lardan darvoza tomon zarba beradi. To'p esa darvoza ustuniga tegib maydonga qaytadi. Oradan 3 daqiqa o'tib, endi Klishinda yaxshi imkoniyat yuzaga keladi. Qanotdan oshirilgan to'pni Viktor 5-6 m lardan darvozaga aniq yo'llay olmasdan, vaziyatni ko'kka sovurdi. Ayni shu holatdan so'ng ustunlik asta-sekin Navbahor tarafiga o'ta boshladi. 19-daqiqada jarimadan oshirilgan to'pni Timur Sultonov boshi bilan darvozaga yo'llaydi, biroq to'p darvoza ustuni yonginasidan o'tib ketadi. Oradan ko'p o'tmay, yana Timurda yaxshi imkoniyat bo'ladi. Bu gal uning 18 m dan jarimadan tepgan to'pini darvoza to'sini yuqorisidan o'tib ketadi. Va nihoyat 31-daqiqaga kelib o'yinda hisob ochildi. Dilshod Sharofutdinovning burchakdan oshirgan to'pini Yuriy Tselix boshi bilan darvozaga yo'llaydi. Andijon himoyachilari esa to'pni darvoza chizig'idan o'tgandan so'ng qaytarib qolishadi. Bosh hakam bu holatda "jim" edi. Lekin qanot hakami to'p chiziqni kesib o'tganligini bildirgach, Arslon Hotamov maydon markazini ko'rsatdi - 1:0. Kiritilgan goldan ruhlangan mezbonlar bo'lim oxirigacha yana 2 ta imkoniyatga ega chiqishdi. 40 daqiqada Ivan Nagayev darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib boradi. Ammo uning yakuniy zarbasi noaniq chiqadi. Bo'lim oxirida esa, namanganliklar penalti ishlashga muvaffaq bo'lishdi. Jarima maydoni ichida andijonlik futbolchi zarbani qaytarayotgan chog'ida to'p uni qo'liga tegadi. Hakam esa ikkilanmay penalti belgilaydi. Navbahorning shtatli penaltichisi Dilshod Sharofutdinov esa, tayyor golni yo'qqa chiqardi. Uning zarbasi darvoza ustuniga tegib maydonga qaytadi. Dastlabki bo'lim hujumlarga boy bo'ldi. Lekin yaratilgan imkoniyatlardan futbolchilar oqilona foydalana olishmadi, Tselix bundan mustasno. Bo'lim yakunlangach, Andijon murabbiylari hakamga tashlanishdi. Ular hakamdan norozi edilar. 
    Ikkinchi bo'lim teng kurashlar ostida boshlandi. Kutilganidek, Andijon bor e'tiborini hujumga qaratdi. 48 daqiqada Klishin xuddi birinchi bo'limdagidek yaqin masofalardan darvozaga to'g'ri zarba bera olmadi. Uning harakatlaridan qoniqmagan Amet Memet esa biroz o'tib Klishinga dam berdi. Navbahorning "Krishtianu Ronaldusi" - Ivan Nagayevda ham yaxshi vaziyatlar bo'ldi. Darvozaga xar hil usullarda zarbalar berib turdi. Uning to'p uchun oxirigacha kurashishi Andijon himoyachilarini dovdiratib qo'ydi. Ikkinchi gol kiritilguncha mehmonlar hisobni tenglashtirish uchun harakat qilishdi. Ammo harakatlar besamar ketdi. 78-daqiqadan yana mezbonlar gol kiritishdi. Andrey Vlasichev o'ng burchak yaqinidan jarima zarbasini amalga oshiradi. Uning darvozaga yo'llagan to'pini Afzal Azizov darvozaga kiritib qo'yadi - 2:0! Navbahorning ikkala goli ham standart vaziyatdan so'ng kiritildi. O'tkazib yuborilgan goldan so'ng mehmonlar taqdirga tan berishdi. 
    O'yin avvalida ko'pchilikning havasini keltirgan andijonlik muxlislar 5 daqiqa ichida o'yingohni tark etishdi. Navbahor kiritgan ikkinchi gol Andijon futbolchilariga ham, muxlislariga ham qattiq ta'sir qildi. Baribir, yurtimizda namanganlik muxlislarga teng keladigani yo'q ekan. Har qanday vaziyatda ham ular jamoa bilan birgalar. Andijonlik muxlislarning o'yingohni erta tark etishi ko'pchilikni xafsalasini pir qilganligi ham bor gap. Golgacha qanday ajoyib muxlislik qilishayotgan edilar, a! 
    O'yinning qolgan daqiqalarida ham mezbonlarda bir qancha imkoniyatlar bo'ldi. Lekin, so'nggi hal qiluvchi zarbalar noaniq chiqaverdi. Ushbu g'alabadan so'ng, Navbahor yana 5-o'ringa chiqib oldi. Olmaliqqa qarshi o'yin oldidan Navbahor Dinamoga qarshi mehmonda kubok uchrashuvida maydonga tushadi. Andijonni oldinda vodiy derbilari kutmoqda! Kosonsoy va Neftchiga qarshi o'yinlar ham Andijon uchun oson kechmaydi. 
    O'YINDAN KEYINGI FIKRLAR 
    Orif Mamatkazin (Andijon murabbiyi):  
    Bugungi o'yinda shogirdlarimning harakatlaridan qoniqmadim. Yuzaga keltirilayotgan imkoniyatlardan bu safar ham foydalana olmadik. Omad ham bizni chetlab o'tmoqda. Ketma-ket beshta o'yinni mehmonda o'tkazganligimiz ham o'yinimizga ta'sir qilmoqda. Hakamlarga e'tirozlarimiz bor. Penalti bo'lgan vaziyatda o'yinchimiz atayin to'pni qo'li bilan o'ynamagandi. Bunday vaziyatda o'yin davom etishi kerak edi. Navbahor esa yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalandi. Oddiy holatlarda gol o'tkazib yuboryapmiz. Tajribali Viktor Jalilov darhaqiqat yaxshi jamoa shakllantiribdi. Jalilovning bir xislati menga ko'proq yoqadi: nomi chiqmagan futbolchilarni mashhurlik darajasiga olib chiqadi. Biz hali futbolchilarimiz bilan ko'p ishlashimiz kerak 
    Viktor Jalilov (Navbahor bosh murabbiyi): O'yin ancha hayajonli o'tdi. Dastlabki 15 daqiqa mehmonlar ustunligida o'tdi. Birin-ketin burchak to'plarini amalga oshirishdi. Bir vaziyatda to'p darvozamiz ustuniga tegib qaytdi. Mehmonlar agar gol kiritganda o'yin sur'ati o'zgarib ketardi. Shogirdlarimning o'yinidan ham, natijadan ham qoniqdim. Avvalgi turlarda o'yinimiz unchalik qovushmagandi. Hozirgi paytda har bir ochko, har bitta gol muhim ahamiyat kasb etadi. Turnir jadvalida ham har turda jamoalarning o'rni o'zgarmoqda. Bugun muxlislarga yoqadigan o'yin ko'rsatib g'alabaga erishdik. Pavlenkoni harorati oshib ketganligi uchun bugun uni maydonga tushurmadik. Futbolchi o'yinga 100% tayyor bo'lsagina maydonga tushadi. 
    Ulug'bek Abdullayev, Chempion gazetasi

    Категория: Навбахор хакида | Просмотров: 1249 | Добавил: jamcoolboy | Рейтинг: 4.0/1
    Всего комментариев: 3
    3 Damin  
    0
    Яшавор Навбахор !!!

    2 jamcoolboy  
    0
    Навбахор Динамо 9 июнь Уйин Наманганада. Агар хеч нима узгармаган булса!

    1 Jamshid  
    0
    malades biz kutgandek galaba boldi tabriklimiz jamoani bu safar olmaliqdanam ochko opqaytadi degan umudamiz iltimoska kubok oyinlarida bizga kim raqib bub tushgan birinci uyin qaerda buladi shu haqida malumot berila bilganla?

    Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
    [ Регистрация | Вход ]
    Кейинги учрашувлар
    18 тур
    25 август(пайшанба)
    :null
    Насаф Навбахор

    Кириш формаси

    Календарь
    «  Июнь 2010  »
    ДуСеЧорПаЖуШаЯк
     123456
    78910111213
    14151617181920
    21222324252627
    282930

    Жадвал
    Жамоа Ўйин Очко
    1 Насаф 7 17
    2 Бунёдкор 6 16
    3 Пахтакор 6 16
    4 Бухоро 7 12
    5 Навбаҳор 7 9
    6 Металлург 7 9
    7 Андижон 6 8
    8 Олмалиқ 7 8
    9 Нефтчи 7 8
    10 Машъал 6 8
    11 Қизилқум 7 6
    12 Шўртан 7 5
    13 Динамо 7 4
    14 Сўғдиёна 7 2

    2011 йилги таркиб

    Facebook

    Жамоа трансфери
    Mavsum orasida o'tishlar Kelganlar : noma'lum
    Ketganlar : noma'lum

    Кидирув

    Сунги янгиликлар
    [22.08.2011][Сайт янгиликлари]
    Сайтимизнинг сахифаси Facebook да! (2)
    [22.08.2011][Навбахор хакида]
    Жамоамизнинг 1100 голи (0)
    [23.04.2011][Навбахор хакида]
    Керакмас мағлубият (0)
    [18.04.2011][Навбахор хакида]
    Ғалабага тенг дурранг (1)
    [09.04.2011][Навбахор хакида]
    Мазмунли ўйин, мазмунсиз ҳисоб (0)

    Жарималар жафоси
    Жарималар жафоси

    Сарик карточка : -
    Кизил карточка : -

    Иштирок этмайдилар
    Жарохат туфайли ушбу уйинчилар бир неча вакт жамоага ёрдам бера олмайдилар:


    Бундай уйинчилар йук

    Архив

    Статистика

    Сайтда хозир жами: 1
    Мехмонлар: 1
    Хурматли инсонлар: 0

    Jamcoolboy© 2024-2011
    Сайт создан в системе uCoz