Бош сахифа Наманган Руйхатдан утмоы Вход
Сунгги ўйинлар
17 тур
23 апрель (шанба)
2:1null
Навбахор Суғдиёна

Сайт менюси

Ёшларнинг уйинлари
7 тур
22 апрель (жума)
1:0null
Навбахор Олмалик
6 тур
16 апрель (шанба)
0:1null
Кизилкум Навбахор
5 тур
8 апрель (жума)
1:0null
Навбахор Андижон
4 тур
1 апрель (жума)
0:1null
Динамо Навбахор

Тўпурар ўйинчилар

Р. Курбонбоев (1 пен)
О. Валижонов,
Р. Аҳмедов - 1 та гол

Булимлар
Навбахор хакида [145]
Навбахорга оид хабар ва янгиликлар
Хориж хабарлар [17]
Хориж футболи
Узбек футболи [36]
Узбекистон футболига оид хабарлар
Кизик хабарлар [6]
Бу сахифада футбол оламига оид булган барча кизик маълумотларни топасизлар
Булмагур гаплар [3]
Бу сахифада булар бумас гаплар хакида гап боради. Яна бу гапларга ишониб юрманг. Булар хазил!!!
Сайт янгиликлари [8]
Сайтимизда бўлаётган янгиликлар бу бўлимда ёритилади!
Манчестер Юнайтед [5]
Манчестер Юнайтед клуби янгиликлари ва хабарлари

Бизнинг фаоллар
  • jamcoolboy
  • Oqiljon
  • ABDULLO23
  • krasavchik
  • NVB-16
  • vhz13
  • Damin
  • Ronaldo
  • Abdullo
  • sevaman

  • Хамкоримиз

      nullMamlakatimizning ko'p asrlik tarixi va mustaqillik davridagi taraqqiyotida Namangan viloyati o'zining boy o'tmishi, madaniyati bilan muhim o'rin egallab kelgan.
      Namangan Farg'ona vodiysidagi qadimgi shaharlardan. Shahar ko'chmanchi chorvadorlar va dehqonchilik bilan shug'ullanuvchi o'troq aholi yashaydigan chegarada vujudga kelgan. Namangan qishlog'i haqidagi dastlabki ma'lumot 14-asrlar oxiriga tegishli.
      Bobur o'zining "Boburnoma" asarida Namanganni qishloq sifatida eslatib o'tgan. Tarixchilarning xabar berishicha, bu yerga 1582 yilda asir olingan forslar keltirib joylashtirilgan. 1643 yilgi vaqf hujjatida ham shaharnull deyilgan. Shahar tuz koni yaqinida barpo bo'lganligi uchun nomi "namak kon" so'zlaridan deb taxmin qilinadi. 1620 yil Farg'ona vodiysining qadimgi poytaxti Axsi (Axsikant) zilziladan vayron bo'lgach, uning aholisi yaqinroq joylashgan Namanganga ko'chib o'tadi. 1813 yilda Qo'qon xonligida bo'lgan rus elchisi Filipp Nazarov Namangan shahar hokimining devor bilan o'ralgan saroyida ancha lashkar saqlanganligini yozgan. 1819-1822 yillarda Yangiariq kanali qazilib, shaharning suv ta'minoti ancha yaxshilanadi. 1842-45 yillarda shahar atrofi mustahkam devor bilan o'rab olindi. 1876 yil fevralda Qo'qon xonligi tugatilgach, Namangan uezd shaharlaridan biri bo'lib qoldi. 19-asr oxirlarida eski shahar yonida evropalik fotihlar o'zlari uchun muassasa va turar joy binolari qurdilar. Natijada "yangi shahar" vujudga keldi. Ayni vaqtda sanoat korxonalari xam barpo etila boshladi. 1914 yil shaharda 40 dan ortiq korxona (shundan 17 tasi paxta tozalash zavodi) bor edi. Keyingi o'n yilliklar ichida shaharda yengil, oziq ovqat va mashinasozlik sanoati korxonalari hamda Namangansoyda GES lar qurildi.
      Namangan shahrida otashnafas shoir va mutafakkir Boboraxim Mashrab (1657-1711), To'raqo'rg'onda shoir, tilshunos, ma'rifatparvarIsxoqxon Junaydullo o'g'li Ibrat (1862-1937), Chustda shoir Muhammmadsharif Egamberdi o'g'li So'fizoda (1869-1937) va boshqalar yashab ijod qilganlar.
      Namangan shahri va viloyatida saqlangan me'moriy yodgorliklar asosan 18-20 asr boshlarida bunyod etilgan. Namangandagi Mulla Qirg'iz madrasasi 20-asr boshlarida shahar markazida qurilgan. Madrasa uning qurilishiga rahbarlik qilgan shaxs-usta Qirg'iz nomi bilan atalgan. Ushbu madrasa yaqinida ayni vaqtda Ota Valixon to'ra masjidi ham qurilgan. Mavlon buva majmuoti mahaliy shoirga bag'ishlangan bo'lib, uning qurilgan sanasi (1806 yil) peshtoqiga bitilgan. Maqbara shoirlarning ziyorat xonasiga aylangan. Xo'ja Amin maqbarasi 18 asr o'rtasida barpo etilgan. Binoning bosh fasadini bezashda 12-14 asrlar bezak usuli (o'yma sopol taxtachalari) dan foydalanilgan. 
      Viloyat 1967 yil 18 dekabrda qayta tashkil etilgan (avval 1941 yil 6 martdan 1960 yil 23 yanvargacha mavjud bo'lgan). Respublikaning sharqiy, Farg'ona vodiysining shimoliy qismida joylashgan. 

      Tabiati. Viloyat Farg'ona vodiysining shimoliy qismida, asosan, Sirdaryoning o'ng sohilida joylashgan. Yer yuzasi balandligi 400-750 metr bo'lib, shimolga tomonnullnull balandlashib boradi. Shimoliy Chotqol va Qurama tog'lari bilan o'ralgan. Tog' oldilari balandligi 1000-1200 metr adirlardan iborat. Viloyat geologik faol xududda joylashgan. 8 ballgacha zilzilalar bo'lib turadi. Katta maydonni egallagan Qoraqalpoq cho'lida dehqonchilik qilinadi. Rangli metall konlari bor. Gips, oxaktosh va boshqa qurilish materiallari olinadi, Viloyatning qator hududlaridan shifobaxsh mineral suvlar (Chortoq, Chodaksoy, Shahand, Uchqo'rg'on) topilgan. Iqlimi kontinental. Yozi issiq, uzoq, qishi nisbatan yumshoq va qisqa. Havo xaroratining sutkalik tebranishi keskin, yog'in kam. Tekislikda yanvarning o'rtacha temperaturasi - 3,5 daraja s, iyulniki 25 s. Yillik yog'in tekislik va tog' oldilarida 100-200 mm., tog' etaklarida 600 mm. gacha. Namangan shahri atrofida vegetasiya davri (229 kun) bo'lib, Farg'ona vodiysining janubiy va sharqiy tomonlariga qaraganda eng uzoq davom etadi.

     

    nullMustaqillik yillarida mamlakatimizda istiqbolni ko'zlab amalga oshirilayotgan islohotlar Namangan viloyatida ham o'z ifodasini topgan. Buni bunyodkorlik, xalq turmush farovonligini oshirish, sanoat, qishloq xo'jaligi, ta'lim-fan va sog'liqni saqlash tizimlaridagi o'zgarishlar, umuman barcha sohalar misolida ko'rish mumkin.

      Namangan viloyati respublikaning 8-9 % paxtasi, paxta tolasi, mol ёg'i, sholisi, 10-13 % uzumi, uzum vinosi, konservasi, o'simlik moyi, pillasi, 15 % to'qima gazlamasini beradi . Viloyatda qariyb 50 ta katta va kichik elektr stansiyalari bor. Namangan – Angren yuqori kuchlanishli elektr liniyasi qurilib ishga tushirildi. 
    Sanoatning yetakchi tarmoklari – mashinasozlik, elektrotexnika, kimyo, paxta tozalash, oziq–ovqat, keng iste'mol buyumlari ishlab chiqaruvchi korxonalar.
      Viloyatda mustaqillik yillarida 62 ta qo'shma korxona, 2061 ta kichik korxonalar tashkil etilgan bo'lib, ular soni kun sayin oshib bormoqda.
      Viloyatda bugungi kunda jami 95 ta shifoxona faoliyat ko'rsatmoqda. Shifoxonalardagi o'rinlar soni 13707 ta bo'lib, shundan kunduzgi shifoxonalardagi o'rinlar soni 727 tani tashkil qiladi.
      Tibbiy ambulatoriya-poliklinikalar soni 345 ta bo'lib, shu jumladan shifoxona qoshidagi poliklinika bo'limlari 61 tadan, dispanserlar bo'limi 22 tadan, davolash markazlari 6 tadan, mustaqil ambulatoriya va poliklinikalar 237 tadan iboratdir.
      Ambulatoriya-poliklinikalarning bugungi kundagi quvvati 28427 taga yetdi. Kunduzgi ambulatoriya-poliklinika muassasalari shifoxonalaridagi o'rinlar soni 1277 tani tashkil etadi.
      Viloyatda ayollar salomatligini saqlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish doimiy e'tiborda. Mustaqil va boshqa muassasalar tarkibidagi ayollar konsultasiyasi, akusher-genikolog bo'limi va xonalari soni 99 ta, feldsher-akusherlik shoxobchalari 10 ta, tez yordam markazlari soni 16 ta bo'lib, 2007 yil davomida ular tomonidan jami 689752 nafar bemorga yordam ko'rsatildi.
      nullAmalga oshirilayotgan ijtimoiy siyosatni qo'llab-quvvatlash hamda mehnatga layoqatli aholini ish bilan ta'minlash maqsadida viloyatda «Bandlik» dasturi ishlab chiqilib, hayotga tadbiq etilmoqda. «Bandlik» dasturiga asosan 2007 yilda viloyat hududida 44711ta yangi ish joylari yaratildi. Yangi ish joylarning asosiy qismi 28100 kishi yoki 75,7 foizi kichik tadbirkorlik sohasida barpo etildi.
      Xalq ta'limi, sog'liqni saqlash va madaniyat sohalarini rivojlantirishda ham sezilarli o'zgarishlar amalga oshirildi.
      Aholining bilim saviyasini oshirish va madaniyatini yuksaltirishga alohida e'tibor berilmoqda. Jumladan, viloyatda 435 ta ommaviy kutubxonalar, 146 ta madaniyat muassasalari va 43 ta kinoteatr xizmat qilmoqda. Viloyat markazida joylashgan Alisher Navoiy nomli teatr qaytadan ta'mirlanib, zamonaviy madaniy maskanlardan biriga aylandi.
      Viloyatda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga katta e'tibor karatilmoqda. Jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanuvchilar uchun viloyatda 35 ta o'yingohlar, 489 ta sport zali va bir qator boshqa sport inshootlari faoliyat ko'rsatmoqda.
      Namangan shahridagi «Pahlavon», «Alpomish», «Dinamo» sport majmualari, 3 zallik sport majmuasi, Namangan shahrining 2-kichik tumanidagi «Navbahor» o'yingohi, «Do'stlik» tennis majmuasi, «Yoshlik» suzish havzasi, To'raqo'rg'on tumanidagi «Kurash» majmuasi kabi sport inshootlarida halqaro darajadagi sport musobaqalarini o'tkazish imkoniyatlari mavjud.
      Viloyat markazi Namangan shahrida 2003 yilda qurib foydalanishga topshirilgan «Yoshlar sport majmuasi» hududida joylashgan ochiq turdagi suzish havzasi, mini futbol maydonlari, tennis kortlari, BOWLING klubi, yengil va og'ir atletika bilan shug'ullanuvchi sportchilarga xizmat ko'rsatuvchi zallar hamda 3350 o'rinli amfiteatr hozirda yoshlarning sevimli maskaniga aylangan. 
      Viloyatda keyingi yillarda sportning futbol, boks, suv sporti, tennis, karate, kurash, badiiy gimnastika, velosport hamda og'ir atletika kabi turlari keng ommalashmoqda.
      Viloyatdagi sog'liqni saqlash ob'yektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta'mirlash ishlari amalga oshirildi.Jumladan, Chortoq tuman Alixon qishlog'idagi Alixon QVP qurilib ishga tushirildi.
      Shuningdek, viloyat bo'yicha 127,1 gaz tarmog'i va 144,5 km. toza ichimlik suvi quvurlari tortilib, 4 ta qishloq aholi punktlari tabiiy gaz va 10 ta qishloq aholi punktlari ichimlik suvi bilan to'la ta'minlandi. 
      2008 yilning o'zida viloyatda 11 ta kasb-hunar kolleji, 8 ta sport inshootlari qurilib, foydalanishga topshirildi.
    null  Namangan shahri qadimgi shaharlardan biri bo'lib, tarixiy manbaalarga ko'ra taxminan 1610 yilda tashkil topgan. Namangan shahri relefi asosan tekislik mintaqalilik harakteriga ega. Yer yuzasi shimoldan janubga va g'arbdan sharqqa tomon pasayib boradi. Dengiz sathidan o'rtacha balandligi 450 metrni tashkil qiladi. Iqlimi keskin kontinental bo'lib, janubiy, ya'ni tekislik mintaqasida subtropik iqlimga mansub. Yoz oylarida havo harorati keskin ko'tarilib, quruq va issiq bo'ladi. Namangan shahri viloyatning markazi hisoblanib, umumiy maydoni 91,0 ming kv.m, aholisi 2008 yilning 1 yanvar holatiga 427,1 ming kishini tashkil qiladi. Shaharda 20 dan ortiq millat vakillari yashaydi. Aholining umumiy miqdorida o'zbeklarning salmog'i 93,0 foizni tashkil etadi.
      Aholining zichligi 1 kv. kilometrga 4687 kishi to'g'ri keladi. Namangan shahrida 2008 yilning 1 yanvar holatiga 80 ta mahalla fuqarolar yig'ini mavjud bo'lib, xisob kitoblarga ko'ra ulardagi xonadonlar soni 74193 tani tashkil etadi. Qadimiy Axsikent shahri va Munchoqtepadan qazib olingan noyob topilmalar ming-ming yil avvalgi ajdodlarimizning yuksak madaniyatidan, aql-zakovatidan dalolat beradi. Bu bebaho meroslar ayni paytda Pop arxeologik va Namangan o'lkashunoslik muzeylarining oltin fondiga aylangan. Shuningdek, shaharda ko'plab tarixiy me'morlik obidalari va ziyoratgohlari mavjud bo'lib, Mulla Qirg'iz madrasasi, Ota Valixon To'ra va Shayx Isxoq Eshon masjidlari, Mulla Bozor Oxund maqbarasi, Xo'ja Amin maqbarasi, O'n bir Axmad kabi ziyoratgohlari shular jumlasidandir. Sharqning mashhur otashnafas shoiri Boborahim Mashrabning Vatani ham Namangan hisoblanadi. Bundan tashqari bu so'lim go'shada otashnafas shoir Abu Rashid Axsikatiy, Nodim Namongoniy, Usmon Nosir, Rafiq Mo'min singari erk va ozodlik kuychilari, el sevgan san'atkorlar Mukarrama Azizova, Sobir Rahmonov, Muhriddin Mansurov, Habiba Oxunova, Kamoliddin Rahimovlar ham Namanganning atoqli farzandlaridir. Ana shu fidoiy insonlarning ezgu ishlarini davom ettirib, mustaqillikni mastahkamlashga hissa qo'shayotgan el-yurt manfaatlari uchun fidoiylik namunasini ko'rsatayotgan bir gurux namanganliklar nomini faxr va iftixor bilan tilga olishadi. Namangan gullar shahri. Bu yerda 45 yildirki an'anaviy gul bayrami o'tkazib kelinmoqda. Tarixchi va adabiyotshunos olim Ahmad Ubaydulloning ta'kidlashicha, Namangan X asrda ham shahar sifatida mavjud va mashhur bo'lgan. Albatta, bu mavzu chuqur ilmiy tadqiqotlarni taqozo etadi. Yoki sayohatchilardan birining yozishicha, Farg'ona vodiysida bundan 2000 yil oldin ham 70 ta katta-kichik shaharlar, qishloqlar bo'lgan ekan. Ana shular qatorida Namangan shahri ham bo'lganligiga shubha yo'q. Eramizdan oldingi IV-II asrlarda Farg'ona vodiysi, shu jumladan, Namangan ham O'rta Osiyoda eng yirik shaharlardan biri bo'lgan. Aholisi asosan dehqonchilik, sholikorlik, g'alla, paxtachilik bilan shug'ullangan. Xo'jaligida uzumchilik, chorvachilik ham muhim o'rinni egallagan. Ichki va tashqi savdo kengayib, boshqa mamlakatlar bilan o'zaro aloqalar kuchayib borgan. Natijada shaharsozlik, hunarmandchilik rivojlangan. Ma'lumki, IX asrda Farg'ona vodiysining poytaxti Axsikent bo'lgan. Axsikent Sirdaryoning o'ng kirg'og'ida joylashgan bo'lib u shahar sifatida taraqqiy etgan. Ayniqsa, Boburning otasi Umarshayx Mirzo shoxligi davrida bu shahar ancha rivojlangan. 1620 yilda kuchli zilzila oqibatida Axsikent vayron bo'lgan. Omon qolgan kishilar hozirgi Namanganga ko'chib kela boshlagan. Shundan so'ng asta-sekin Namangan shahriga asos solingan. Bundan xulosa shuki, Namangan shahri qadimgi Axsikentning vorisi, davomi deyish mumkin. Namangan shahrining rivojlanib borishida 1818-1821 yilda qurilgan Yangiariqning ahamiyati juda katta bo'lgan. Ariqni qazishda har bir hovlidan bir kishidan vakil ishtirok etgan. U o'zining ketmoni, asboblari bilan kanal qazishda 15 kundan ishlab bergan. 3 yil ichida kanal bitib, undan suv oqa boshlagan. Namangan bu paytda o'zining hunarmandlari, naqqoshlari, to'quvchilari, temirchilari, bo'yoqchilari, zargarlari hamda kosiblari bilan nainki O'rta Osiyoda balki Ovro'paning bir qancha mamlakatlarida nom qozongan. Bog'dorchilik, pillachilik rivojlangan. Buyuk ipak yo'lida joylashganligi uchun Namangan savdogarlari Buxoro, Xitoy singari mamlakatlarga mahsulotlarini olib borganlar, o'z navbatida u yerlardan aholi ehtiyoji uchun zarur bo'lgan turli buyumlarni olib kelganlar. Savdo-sotiqning rivojlanishi natijasida madaniy aloqalar ham mustahkamlangan. Namangan +o'qon xonligi tarkibida bo'lib, 1876 yilda xonlik tugatilishi munosabati bilan Namangan 5 ta uezdni birlashtiruvchi markaz bo'lib qolgan. Shu yillarda Namanganga sanoat korxonalari qurila boshlangan. 1892 yilda Namangan uezdida 28 ta turli korxonalar bo'lib, ularda 700 dan ortik kishi mehnat qilgan. Aholi soni yildan-yilga o'sib borgan. Jumladan, 1889 yilda aholi soni 33000 kishi bo'lgan bo'lsa, 1910 yilga kelib 75580 kishiga yetdi. 1912 yilda Namanganni Qo'kon bilan bog'lovchi temir yo'l ishga tushirildi. Namangan Turkiston o'lkasining sanoat markaziga aylangan. Maorif va tibbiyot sohasi ham rivojlangan. Maktab va madrasalar soni jihatidan Namangan uezdi birinchi o'rinda bo'lgan. O'zbekiston Respublikasi Mustaqillikka erishgach, Namanganda ham barcha sohalarda katta o'zgarishlar yuz berdi. Birinchi navbatda shaharni obodonlashtirish, ko'kalamzorlashtirish, ko'chalarni kengaytirish, yangi-yangi bino, inshootlar qurishga alohida e'tibor qaratildi. Jumladan, Mustaqillikning dastlabki yillarida otashnafas shoir Boborahim Mashrabning ustozi Mulla Bozor Oxund maqbarasi bunyod etildi. Shuningdek, 50 gektar yerda Mashrab nomidagi madaniyat va istirohat bog'iga asos solindi. Namangan shahri markazida joylashgan Zahiriddin Muhammad Bobur nomli bog'da ham bir qator bunyodkorlik, obodonchilik va ko'kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi va ushbu hayriya ishlar hozirgi kunda ham davom ettirilmoqda. Bog'ning baland va jozibali ramziy darvozasi maydoni, Bobur nomli xiyobon bugungi kunda turli ommaviy tadbirlar o'tkaziladigan gavjum maskanga aylandi. Mustaqillik yillarida shahardagi yo'llarni keng va ravon qilish borasida ham katta hajmdagi ishlar bajarildi. Jumladan, Boburshox, "Do'stlik", Oxunboboev, Marg'ilon, Navoiy, A.Temur, Oromgox ko'chalari kengaytirildi. Ayniqsa, "Chorsu" hududidagi bunyod etilgan avtomobillarning yerosti o'tish yo'lining foydalanishga topshirilganligi natijasida shu hududdagi transport qatnovidagi tig'izliklarga barham berildi. Aholiga transport xizmati ko'rsatishni yaxshilash bo'yicha ham bir qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, "Namangan Avtotexxizmat" hissadorlik jamiyati 46 dona "Otayo'l" rusumli, "Jahon banki" bilan O'zbekiston Respublikasi o'rtasida tuzilgan bitim asosida 11-Avtobus saroyiga lizing asosida 18 dona "Paz" rusumli avtobuslar olib kelindi va yo'nalishlarga chiqarildi. Mustaqillik yillarida Namangan shahrida sanoatni rivojlantirishga, ayniqsa, qo'shma korxonalar tashkil etishga chet el investisiyalarini olib kirishga va qurilish montaj ishlariga aloxida e'tibor qaratilmoqda. Kiritilgan investisiyalar xisobiga 768,2 ming kv.metr uy-joy, 13 ming 858 o'rinli kollej va akademik liseylar, 950 o'rinli shifoxonalar barpo etildi. 206,9 km suv, 349,8 km gaz va 71,3 elektr tarmoqlari tortildi. Yildan yilga chet-el investisiyalar va kreditlari xisobiga kiritilgan investisiyalar hajmi ko'payibborib, joriy yilning o'zidayoq 11424,2 mln.so'mlik investisiyalar kiritildi.

    Манба: www.namangan.uz
    Кейинги учрашувлар
    18 тур
    25 август(пайшанба)
    :null
    Насаф Навбахор

    Кириш формаси

    Календарь
    «  Март 2024  »
    ДуСеЧорПаЖуШаЯк
        123
    45678910
    11121314151617
    18192021222324
    25262728293031

    Жадвал
    Жамоа Ўйин Очко
    1 Насаф 7 17
    2 Бунёдкор 6 16
    3 Пахтакор 6 16
    4 Бухоро 7 12
    5 Навбаҳор 7 9
    6 Металлург 7 9
    7 Андижон 6 8
    8 Олмалиқ 7 8
    9 Нефтчи 7 8
    10 Машъал 6 8
    11 Қизилқум 7 6
    12 Шўртан 7 5
    13 Динамо 7 4
    14 Сўғдиёна 7 2

    2011 йилги таркиб

    Facebook

    Жамоа трансфери
    Mavsum orasida o'tishlar Kelganlar : noma'lum
    Ketganlar : noma'lum

    Кидирув

    Сунги янгиликлар
    [22.08.2011][Сайт янгиликлари]
    Сайтимизнинг сахифаси Facebook да! (2)
    [22.08.2011][Навбахор хакида]
    Жамоамизнинг 1100 голи (0)
    [23.04.2011][Навбахор хакида]
    Керакмас мағлубият (0)
    [18.04.2011][Навбахор хакида]
    Ғалабага тенг дурранг (1)
    [09.04.2011][Навбахор хакида]
    Мазмунли ўйин, мазмунсиз ҳисоб (0)

    Жарималар жафоси
    Жарималар жафоси

    Сарик карточка : -
    Кизил карточка : -

    Иштирок этмайдилар
    Жарохат туфайли ушбу уйинчилар бир неча вакт жамоага ёрдам бера олмайдилар:


    Бундай уйинчилар йук

    Архив

    Статистика

    Сайтда хозир жами: 1
    Мехмонлар: 1
    Хурматли инсонлар: 0

    Jamcoolboy© 2024-2011
    Сайт создан в системе uCoz